Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng puxta smartfonlar aniqlandi (foto, video)

Eng puxta smartfonlar aniqlandi (foto, video)

JerryRigEverything niki ostida tanilgan bloger Zak Nelson o‘z sinovlari asosida eng chidamli smartfonlarni aniqladi. Maxsus rolikni o‘zining YouTube-kanalida joylashtirdi.

Smartfonlarning ta’mirga yaroqliligi va puxtaligini o‘rganishga ixtisoslashgan muallifning aytishicha, AGM H5 — korpusi eng pishiq smartfon. Nelson o‘z testi davomida bu qurilmani qo‘lidagi vositalar yordamida sindira olmadi.

AGM H5

Eng mo‘rt korpusli smartfon — osongina ikkiga bo‘lingan Asus ROG Phone 6 Pro bo‘ldi.

Asus ROG Phone 6 Pro

Eng ta’mirbop smartfon sifatida bloger Google Pixel 7 Pro ni ajratib ko‘rsatdi. Bu qurilmaning ichki qismiga kirish oson, displeyi yechilsa kifoya.

Google Pixel 7 Pro

Shuningdek, mutaxassis ort qopqog‘i tez ochiluvchi iPhone 14ni ta’mirlash oson qurilma, dedi.

iPhone 14

Eng murakkab tuzilishli qurilmalar — Samsung Galaxy Z Fold 4 hamda Galaxy Z Flip 4. Buklama smartfonlarni ta’mirlash payti sindirib qo‘yish ehtimoli katta, qolaversa ehtiyot qismlari qimmat. Samsung qurilmalarining tashqi displeylari 500 dollar turadi.

Samsung Galaxy Z Fold 4

Konstruksiya tomonlama eng innovatsion qurilma sifatida bloger murakkab yorug‘lik indikatsiyasi tizimiga ega Nothing Phone 1 ni tilga oldi.

Nothing Phone 1

Ichki komponentlari mantiqan eng to‘g‘ri joylashgan qurilma esa — Google Pixel 7 Pro.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring