Eng qiyin sharoitlarda ham harakatlanadigan 13 ta kamerali dron yaratildi

256 yadroviy grafika hamda neyrotarmoq yordamida havoda hakatlanuvchi avtonom dron taqdim etildi, deb xabar berdi «Layfxaker».
«Avtopilot» va ob’yektlarning ortidan kuzatish tizimi hozirda ko‘plab kvadrokopterlarda mavjud, biroq ularning barchasi faqatgina ochiq muhida yaxshi ishlay oladi. «Skaydio R1» droni o‘zining zamonaviy tizimi yordamida katta tezlik bilan qalin o‘rmonlar ichida ham harakatlana oladi.
Professional kvadrokopter «Jetson TX 1» chipi asosida yaratilgan sun’iy intellekt hisob-kitob platformasiga ega. Shuningdek, unga 256 yadroli videoprotsessor o‘rnatilgan.
U dron yuzasiga o‘rnatilgan barcha 12 megapikselli kameralar yordamida tasvirga olingan ma’lumotlarni qayta ishlab, mahalliy hududga moslashish uchun uch o‘lchamli tasvirni hosil qiladi. Maxsus algoritm va neyrotarmoqda «Skydio R1»ga ob’yektlarni tanish, ularni kuzatish va hatto foydalanuvchining yaqin to‘rt soniya ichida amalga oshiradigan harakat trayektoriyasini bashorat qilishga ham qodir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter