«Eng yaxshi va eng yomon» — vazirlik va tashkilotlarning reyting natijalari e’lon qilindi (jadval)
BMTning Elektron hukumatni rivojlantirish indeksining 2022 yilgi reyting natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston o‘tgan davrga nisbatan 18 pog‘ona yuqorilab, 195 ta mamlakat orasida 69-o‘ringa ko‘tarilib, eng tez sur’atlarda o‘sayotgan davlatlar qatoriga qo‘shilgandi.
Ushbu xalqaro reyting ko‘rsatkichlari asosida O‘zbekistondagi davlat va xo‘jalik hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida (keying o‘rinlarda – davlat tashkilotlari) raqamli transformatsiya holatini reyting baholash metodikasi ishlab chiqilgan bo‘lib, doimiy ravishda takomillashtirib borilmoqda.
2023 yil I yarim yillik yakuni bo‘yicha raqamli transformatsiya holatini reyting baholash jarayoniga 43 ta davlat organi, 38 ta xo‘jalik organi va 14 ta mahalliy hokimliklar: jami 95 ta davlat tashkilotlari qamrab olindi.
Reyting baholash ishlari 5 ta yo‘nalishda amalga oshirildi:
- Ochiqlik va elektron ishtirok;
- Elektron davlat xizmatlari;
- Axborot xavfsizligi;
- Faoliyatning raqamlashtirilganligi;
- Tashkiliy masalalar.
Reyting natijalari quyidagi tartibda 3 ta toifaga ajratiladi:
71 dan 100 ballgacha — «yashil» (yaxshi);
55 dan 71 ballgacha — «sariq» (qoniqarli);
55 dan pasti — «qizil» (qoniqarsiz).
Baholash natijalariga ko‘ra:
Yaxshi – «yashil» ro‘yxatga jami 38 ta;
Qoniqarli – «sariq» ro‘yxatga jami 41 ta;
Qoniqarsiz – «qizil» ro‘yxatga jami 17 ta tashkilot kirdi.
Batafsil ma’lumot: NIS (egov.uz)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter