Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yer ostidagi yong‘in haqida rasmiy ma’lumot berildi

Yer ostidagi yong‘in haqida rasmiy ma’lumot berildi

Toshkentdagi «Kosmonavtlar» metro bekati yaqinida erta tongda kuchli yong‘in sodir bo‘lgani xabar qilingandi. Ushbu holat yuzasidan «Toshkent metropoliteni» DUK quyidagilarni ma’lum qildi.

«Joriy yilning 28 noyabr sanasida «Kosmonavtlar» metro bekati yaqinida joylashgan Toshkent elektr tarmoqlariga tegishli elektr kabellarda qisqa tutashuv holati yuzaga kelgan va bu holat mas’ullar tomonidan tezkor ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida bartaraf etilgan.

Shuningdek, yuzaga kelgan ushbu holat metropoliten faoliyatiga ta’sir qilgani yo‘q. Metropolitenning «Kosmonavtlar» bekatida barcha qurilmalar normal holatda ishlamoqda», deyiladi «Toshkent metropoliteni» DUK xabarida.

«Hududiy elektr tarmoqlari»ning qo‘shimcha qilishicha, 110/35/10 kVli «Sayilgoh» podstansiyasidan chiquvchi 35 kV kuchlanishli kabel tarmog‘i shikastlangan.

«Vujudga kelgan holat bartaraf etilgunga qadar iste’molchilar to‘liq boshqa tarmoqqa o‘tkazilgan bo‘lib, hozirda elektr energiyasi ta’minotidan uzilishlar yo‘q. Mazkur vaziyat sabablari aniqlanmoqda», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring