Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nosoz dudburon bir oilaning boshiga yetdi. Is gazidan zaharlangan er-xotin va ularning ikki qizi vafot etdi

Nosoz dudburon bir oilaning boshiga yetdi. Is gazidan zaharlangan er-xotin va ularning ikki qizi vafot etdi

Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida er-xotin va ularning ikki nafar qizi is gazidan zaharlanib vafot etdi, deb xabar bermoqda «Daryo.uz». Nashrga ko‘ra, hodisa 15-dekabr kuni sodir bo‘lgan. 

Marhumlar istiqomat qilgan xonadonning yotoqxona va yuvinish xonasi qo‘lbola usulda temirdan yasalgan pech bilan isitilgan, eshik va deraza romlari alyuminiy profildan ishlangan.

Yong‘inga qarshi kurash jamiyati tuman hududiy bo‘limi texnik xavfsizligi muhandisining xulosasiga ko‘ra, pechning dudburoni nostandart holatda tashqariga yo‘naltirilgani oqibatida, gaz to‘liq yonmasdan, is gazi nazoratsiz tarqalishiga sababchi bo‘lgan.

«Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, odamlarning o‘limi is gazidan o‘tkir zaharlanish oqibatida yuzaga kelgan. Tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring