Erdo‘g‘on Afrikaga safarini qoldirdi: ertaga NATOning muhim yig‘ilishi bor

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Afrikaga mo‘ljallangan katta safarini qoldirdi. Bu haqda «Anadolu» agentligi xabar berdi.
Chunki ertaga, chorshanba kuni NATOga a’zo mamlakatlari rahbarlari ishtirokida sammit rejalashtirilgan. Tadbir videoaloqa shaklida o‘tadi.
Shu sababli Erdo‘g‘onning Afrika safaridagi uchinchi manzil — Gvineya-Bisauga tashrifi sanasi keyinroqqa ko‘chirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter