Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erdo‘g‘on: AQSh qurol-yarog‘ bilan ta’minlayotgan davlatlar bizga qarshi urush boshlamoqda

Erdo‘g‘on: AQSh qurol-yarog‘ bilan ta’minlayotgan davlatlar bizga qarshi urush boshlamoqda

Foto: «News.yandex.com»

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on NATOni terrorizmga qarshi kurashda alyans mamlakatga yetarlicha yordam bermayotganlikda aybladi.

«Yevropa Ittifoqi va NATO xavfsizligi bizning sharqiy chegaralarimizdan boshlanadi. Biz hech qachon NATO doirasida terrorizmga qarshi kurashishda hamkorlik qilishdan bosh tortmaganmiz. Nega NATO mamlakatlari terrorizmga qarshi kurashda bizni yolg‘iz qoldirishmoqda? Turkiyadan tashqari yana kim terrorchi davlatga qarshi kurashmoqda?» — dedi Erdo‘g‘on Anqaradagi nutqida.

Turkiyadan tashqari yana kim terrorchi davlatga qarshi kurashmoqda?

Shuningdek, u AQShni Turkiyada terrorchilik tashkiloti deb hisoblangan hamda mamlakatda taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasiga aloqador suriyalik kurdlarning mudofaa kuchlariga harbiy yordam ko‘rsatishda aybladi.

«Qurol-yarog‘ yuklangan minglab mashinalar, transport vositalari terrorchi guruhlarga yuborildi. Ular esa bundan foydalanib, bizga qarshi urush boshlashdi. Biz NATOga a’zo davlat sifatida ularga qarshi kurashyapmiz va kurashamiz ham», — dedi Turkiya rahbari.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring