Erdo‘g‘on Istanbuldagi raqsni provokatsiya deb atadi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Istanbulning Kadikoy tumanidagi «Surb Takavor» arman cherkovi devori yonida raqs tushgan erkaklar bilan bog‘liq hodisani provokatsiya deb atadi.
Avvalroq Turkiya OAV dushanba kuni kechqurun cherkov joylashgan ko‘chada bir guruh yoshlar raqsga tushishgani haqida xabar berishgandi. Mast holatidagi ikki kishi cherkovga kiraverishdagi devorga chiqib, raqsga tushishgan. Ijtimoiy tarmoqlarda raqsga tushgan erkaklar bilan sodir bo‘lgan voqea videosi joylashtirildi. Istanbul ma’muriyati voqea ishtirokchilari hibsga olinganligi hamda ular uy qamog‘ida saqlanayotganini e’lon qildi.
«Men Kadikoydagi cherkovda namoyish qilingan hurmatsizlikni birligimizga qaratilgan provokatsiya deb bilaman», — dedi Erdo‘g‘on televizion murojaatida. Translyasiya Twitter orqali namoyish etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter