Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erdo‘g‘on yangi vazirlar mahkamasi tarkibini e’lon qildi

Erdo‘g‘on yangi vazirlar mahkamasi tarkibini e’lon qildi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakatning yangi vazirlar mahkamasi tarkibini e’lon qildi.

Bu haqda davlat rahbari matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

Shunday qilib, yangi kabinet tarkibiga Adliya vaziri Yilmaz Tunch, Oila va ijtimoiy himoya vaziri Maxinur O‘zdemir Goktash, Yoshlar va sport vaziri Usmon Ashkin Bak, Energetika vaziri Alparslan Bayraktar, Mudofaa vaziri Yasar Guler, Ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya, Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, Moliya va g‘aznachilik vaziri Mehmet Shimshek, sog‘liqni saqlash vaziri Fahrettin Koja, sanoat vaziri Mehmet Fotih Katsir, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Ibrohim Kumaklu, madaniyat va turizm vaziri Mehmet Ersoy, savdo vaziri O‘mer Bolat, Ta’lim vaziri Yusuf Tekin va Turkiya vitse-prezidenti Jevdet Yilmaz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring