Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Sessiyada, jumladan tashkiliy masala ham ko‘rildi.
Prezidentimiz aholi va tadbirkorlarning fikrini o‘rganib, Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarayotgan Erkin Turdimovni tavsiya etishga qaror qilganini qayd etdi.
Viloyat faollarining fikrlari tinglanib, hokimni tayinlash masalasi ovozga qo‘yildi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Erkin Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Hokim Sirdaryoni rivojlantirish bo‘yicha rejalarini hayotga, aholi turmush tarziga ko‘chirib, viloyatni eng ilg‘or hududlardan biriga aylantirish uchun kelasi yil viloyatga jami 3 milliard dollar investitsiya kiritish, eksportni 500 million dollarga yetkazish, 185 ming odamni band qilish bo‘yicha qattiq ishlashi lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.
Eslatib o‘tamiz, Erkinjon Turdimov joriy yilning 22 yanvarida Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter