Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yerni ijaraga berishning yangi tartibi ma’lum qilindi

Yerni ijaraga berishning yangi tartibi ma’lum qilindi

Foto:«Xabar.uz»

Prezident Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligi, tadbirkorlik va xizmatlarni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash hamda chorva, parranda va baliq mahsulotlarini ko‘paytirish bo‘yicha videoselektor o‘tkazmoqda.

Yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, Surxondaryoda boshlanayotgan tajriba asosida, ishsiz aholiga qishloq xo‘jaligi yerlarini 10 yil muddatga dehqonchilik bilan shug‘ullanish uchun ijaraga berish tartibi joriy qilinadi.

Buning uchun, joriy yildan boshlab qariyb 100 ming gektar g‘alladan bo‘shagan yer maydonlari ishsiz aholiga dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun beriladi.

Shu orqali kamida 400 ming kishini band qilish imkoni yuzaga keladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring