Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eron yadroviy obyekti hududida zilzila sodir bo‘ldi

Eron yadroviy obyekti hududida zilzila sodir bo‘ldi

Foto: Anadolu Ajansı

Eronning Fordo yadroviy obyekti joylashgan hududda 2,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda mamlakat milliy seysmologiya markazi bayonot berdi.

Fordo — Eronning kattaligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi uranni boyitish zavodi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Tehrondan 150 km janubdagi Qum shahri yaqinidagi ushbu zavodning katta qismi 80-90 metr chuqurlikda joylashgan.

Eron atom energiyasi tashkiloti rasmiy vakili Behro‘z Kamolvandiy 14-iyun kungi bayonotida Isroil tomonidan Fordo yadroviy obyektiga berilgan zarbalar qisman zarar yetkazganini aytgan. U shuningdek Isfahondagi bir nechta omborda isroilliklar hujumi oqibatida yong‘in chiqqanini ma’lum qilgan. Biroq bu yerdagi muhim uskunalar xavfsiz joyga ko‘chirilgani uchun ko‘rilgan zarar ko‘lami uncha katta emas, degan u.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring