Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eron yadroviy qurol yaratishga juda yaqin keldi — BILD

Eron yadroviy qurol yaratishga juda yaqin keldi — BILD

Foto: BILD

Eron o‘z yadroviy qurolini yaratishga juda yaqinlashdi. Ehtimol, bir necha hafta qolgandir. Bu haqda Bonn universitetining Xavfsizlik, strategiya va integratsiya sohalarida ilg‘or tadqiqotlar markazi direktori Ulrix Shli BILD nashriga ma’lum qildi.

Nemis mutaxassisining so‘zlarini deputat, Eron milliy xavfsizlik va tashqi siyosat komissiyasi a’zosi Javod Karimiy G‘adousiyning X (Twitter)dagi posti ham dalillaydi. U «mamlakat endi bir hafta qolganda ogohlantirib, yadroviy sinov o‘tkaza olishi»ni yozdi.

G‘adousiy tushuntirishicha, Eron rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy buyruq bersa, «12 ming kilometrgacha uchuvchi raketa ilk sinovini boshlash» uchun harbiylarga bir hafta yetarli bo‘ladi.

Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) direktori Rafael Grossi Deutsche Welle kanaliga intervyusida Eron atom bombasi yaratish uchun yetarlicha boyitilgan uranga ega bo‘lishi uchun «bir necha oylar emas, balki haftalar qolgani» ehtimoli kattaligini aytgan. Biroq Eron bir necha haftada o‘z atom quroliga ega bo‘larkan, deyish ham noto‘g‘ri.

«Ishlaydigan yadroviy kallakni yaratish uchun parchalanuvchi ashyodan tashqari, unga bog‘liq bo‘lmagan yana ko‘p narsalar kerak bo‘ladi», — ta’kidladi Grossi.

Eronning yadroviy quroli

AQSh sobiq prezidenti Donald Trampning ma’muriyati Eron bilan yadroviy kelishuvdan chiqqaniga olti yil bo‘ldi. Shundan so‘ng Tehron ko‘rsatkichlari qurol darajasiga yaqin boyitilgan uranni to‘plashga jadal kirishib ketdi. Ekspertlar bu mamlakat yaqin kelajakda o‘z atom bombasini yaratishidan xavotirdalar. Yaqinda bo‘lib o‘tgan Isroil va Eron o‘rtasidagi «raketalar dueli» Yaqin Sharq jang maydonini yanada kengaytirdi — uning oqibatlari yadroviy qurollarda aks etishi ehtimoli bilan ham dahshatlidir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring