Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eronda biryo‘la ikkita noxush rekord qayd etildi

Eronda biryo‘la ikkita noxush rekord qayd etildi

Foto: «Yenicag.ru»

Eronda bir kunda birato‘la ikkita antirekord yangilandi: bir kecha-kunduzda koronavirus qurbonlari va kasallanishlar soni bo‘yicha. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy vakili Sima Sadat Lari xabar berdi.

«IRINN» telekanali efirida sog‘liqni saqlash vazirligi vakilining ta’kidlashicha, o‘tgan 24 soat ichida koronavirusni yuqtirish bo‘yicha 6968 ta yangi holat qayd etilgan, 346 kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Eronda koronavirusga chalinish va COVID-19 qurbonlari bo‘yicha antirekordlar yangilandi.

19-fevralda rasmiylar mamlakatda COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlanganini e’lon qilgandan buyon umumiy zararlanganlar soni 581 824 kishiga yetdi, 33 299 nafar bemor vafot etdi. Shu bilan birga, ayni vaqtda sog‘ayganlar soni 463 ming kishidan oshgan.

Kunlik zararlanish bo‘yicha oldingi eng yuqori ko‘rsatkich 6191 edi. Vafot etganlar soni bo‘yicha avvalgi antirekord 337 kishini tashkil etgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring