Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eronda navbatdagi prezidentlik saylovi qachon o‘tishi aytildi

Eronda navbatdagi prezidentlik saylovi qachon o‘tishi aytildi

Eron saylov shtabining matbuot kotibi Muhsin Eslamiyning aytishicha, mamlakatda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari 28-iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Mehr agentligi xabar bermoqda.

«28-iyunni Eron tarixida o‘n to‘rtinchi prezidentlik saylovlari kuni deb hisoblash mumkin», - dedi Eslamiy.

19-may kuni Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bo‘lgan vertolyot Ozarbayjon yaqinidagi tog‘larga qulab tushdi. Prezidentning vazifalari 50 kunga birinchi o‘rinbosari Muhammad Muxbirga o‘tkazildi. Eron qonunlariga ko‘ra, ellik kundan keyin yangi saylovlar tashkil etilishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, Eron prezidenti bilan biraga vertolyot bortida tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullaxon va boshqa qator Eron rasmiylari ham bo‘lgan. Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ali Bagheri Kani Islom Respublikasi TIV rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring