Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eronda sud binosiga terrorchilar hujum qildi: besh kishi halok bo‘lgan

Eronda sud binosiga terrorchilar hujum qildi: besh kishi halok bo‘lgan

Foto: X/PresstvExtra

Eron janubi-sharqidagi Zohidon shahrida sud binosiga qurolli hujum oqibatida kamida besh kishi halok bo‘ldi, 13 kishi jarohatlangan.

Fars agentligi xabariga ko‘ra, jangarilar tinch aholiga qarata ham betartib o‘q uzgan. Halok bo‘lganlar orasida ayol va chaqaloq ham bor.

«Uch nafar terrorchi yo‘q qilindi. Qator fuqarolar va ularning mulkiga ziyon yetkazilgan», — deyiladi agentlik xabarida.

Yaradorlarning ayrimlar og‘ir ahvolda ekanligi aytilmoqda.

To‘ldirilgan ma’lumot!

So‘nggi ma’lumotga ko‘ra, sud binosiga beluj terrorchilari hujum qilgan. Qurbonlar — 6 nafar, jarohatlanganlar — 22 nafar. O‘ldirilganlarning uch nafari — sud binosi qo‘riqchilari. Shuningdek, uch terrorchi o‘ldirilgan.

«Jaysh al-Adl» terrorchilar guruhi hujumni o‘z bo‘yniga oldi — belujlarni o‘limga hukm qilgan va ularning uylarini buzdirgan sudyalardan o‘ch olish maqsadida terakt amalga oshirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring