Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eronda yuzlab odamlar hibsga olinmoqda

Eronda yuzlab odamlar hibsga olinmoqda

Eron hukumati yuzlab odamlarni Isroil foydasiga josuslik qilganlikda gumon qilib hibsga oldi. Ulardan beshtasi allaqachon qatl etilgan

 Eron-Isroil urushi boshlanganidan buyon so‘nggi ikki hafta ichida rasmiy Tehron Isroil bilan aloqadorlikda gumon qilingan 700 dan ortiq odamni hibsga oldi, deb xabar bermoqda Eron davlat matbuoti. 

 Yakshanbadan beri besh kishi osilgan, ulardan uchtasi chorshanba kuni ertalab qatl etilgan. Eron hukumati ularni “Mossad agentlari” deb ataydi. 

OAV xabarlariga ko‘ra, ularning barchasi “sionistik rejimga hamkorlik qilish”da, xususan, keyinchalik nomi oshkor etilmagan yuqori martabali amaldorlarga suiqasd qilishda qo‘llanilgan uskunalar kontrabandasida ayblangan.

Eslatib o‘tamiz, 12-iyunda Isroil Eronga raketa zarbalari berdi. Eron tomoni bunga javob qaytardi. 22-iyun kuni esa AQSh kuchlari Eronning yadroviy ob’yektlariga zarba yo‘lladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring