Eronning yangi prezidenti rahbarlik lavozimlariga nomzodlarni ko‘rsatishni xalqdan so‘ramoqda
Eronning yangi saylangan prezidenti Ibrohim Raisiy topshirig‘iga ko‘ra, veb-sayt ishga tushdi: unda tajribali menejerlar hamda vazirlar mahkamasida ishlash uchun qobiliyatli a’zolar nomzodlarini xalq ko‘rsatishi so‘ralgan. Bu haqda «Mehr News» agentligi xabar berdi.
Raisiyning ta’kidlashicha, 1979-yilgi inqilobdan beri Eronning 13-ma’muriyati sanalgan demokratik hukumatni shakllantirish uchun barcha elitalar, ziyolilar, guruhlar, partiyalar, tashkilotlar, jamiyatning barcha qatlamlariga mansub odamlardan yangi mahkamada hamda rahbarlik lavozimlarida ishlash uchun nomzodlarni ko‘rsatish taklif etilyapti.
Kompetentlik (bilim va tajriba), halollik, inqilobiylik, ochiqlik — yangi prezident shakllanajak mahkamada ana shunday xususiyatlarga ega odamlar bilan ishlash niyatida.
Shuningdek, Ibrohim Raisiy saylovlarda faol qatnashgan, unga ishonch bildirgan va saylagan eronliklardan minnatdor ekanini izhor etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter