Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ertaga joylarda qor yog‘ishi kutilmoqda

Ertaga joylarda qor yog‘ishi kutilmoqda

Foto:«Xabar.uz»

Respublika Gidrometeorologiya xizmati ertaga, 25-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Toshkent shahri. 
Havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida biroz qor yog‘ishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5° sovuq, kunduzi 2-4° iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm.
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy.
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax. 
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo.
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona. 
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. 
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring