Ertaga KOICA delegatsiyasi O‘zbekistonga keladi
Ertaga, 4-sentyabr kuni Koreya Respublikasining xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) vitse-prezidenti Pek Suk Xi boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi rasmiy sayti xabar berdi.
Tashrif doirasida koreys delegatsiyasi Toshkentdagi hukumat muassasalari bilan muzokaralar o‘tkazadi. Mehmonlarning qadim Samarqand va Shahrisabz shaharlariga tashrif buyurishlari ham rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter