Ertaga O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmayapti

Respublika Gidrometeorologiya markazi 21-may kuni O‘zbekistonda kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-17, kunduzi 30-32 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 17-22, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 17-22, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 17-22, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter