Ertaga Toshkentda kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Respublika Gidrometeorologiya markazi 2-may kuni kutiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kuchli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-17, kunduzi 22-24 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, kuchli shamol sekundiga 23-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-20, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, kuchli shamol sekundiga 23-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, kuchli shamol sekundiga 23-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-20, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, kuchli shamol sekundiga 23-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter