Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ertaga yurtimizda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Ertaga yurtimizda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Foto:«Uztag.inof»

Respublika Gidrometeorologiya markazi ma’lumotiga ko‘ra, 30-yanvar kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Kechasi 6-8, kunduzi 8-10 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi). Havo harorati kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati kechasi va kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi. Kechasi 3-8, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kechasi 5-10, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi.  Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring