Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Estoniya Rossiya diplomatini mamlakatdan chiqarib yuboradi

Estoniya Rossiya diplomatini mamlakatdan chiqarib yuboradi

Estoniya Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning Tallindagi elchixonasida birinchi kotib lavozimida ishlagan diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborishga qaror qildi.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, u Estoniyaning konstitutsiyaviy tuzumini va huquqiy tizimini izdan chiqarish, jamiyatni parchalash hamda davlatga qarshi jinoyatlarni sodir etishga, shu jumladan sanksiyalarni buzishga uringan.

Estoniyaning ERR nashri diplomatning shaxsiga aniqlik kiritib, uning Dmitriy Prilepin ekanligini yozdi.

Tashqi ishlar vaziri Margus Saxknaning ta’kidlashicha, Rossiya elchixonasining mamlakat ichki ishlariga aralashuvi tugatilishi shart va diplomatni chiqarish orqali Estoniya xorijiy davlat tomonidan muvofiqlashtirilgan har qanday faoliyatni cheklashini ko‘rsatmoqda.

Rossiyaning Ukrainaga qarshi to‘liqonli urush boshlaganidan so‘ng Estoniya Rossiya bilan diplomatik aloqalar darajasini pasaytirgan, konsulxonalar yopilgan va elchilar qaytarilgan.

Hozirda Tallindagi Rossiya elchixonasiga vaqtinchalik ishlar vakili Lenar Salimullin rahbarlik qiladi. Diplomatni chiqarish qarori va rasmiy nota unga topshirilgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring