Estoniya ta’lim vaziri 8 ni 4 ga ko‘paytira olmadi

Estoniya ta’lim vaziri Kristina Kallas «8 ni 4 ga ko‘paytirsa necha bo‘ladi» degan savolga javob bera olmadi.
Teleko‘rsatuvga chaqirilgan vazir ta’lim «faqat matematika formulalaridan iborat emasligi»ni ta’kidlagan. Shunda boshlovchi sakkizni to‘rtga ko‘paytirsa necha bo‘ladi, deb so‘radi.
«Bilmayman», — dedi vazir.
Kristina Kallas — ta’lim va integratsiya sohasida ekspert, siyosiy va davlat arbobi. 2016-yilda «Triadik aloqalarni qayta ko‘rib chiqish: Estoniya, Rossiya va estoniyalik ruslar o‘rtasidagi etnosiyosiy aloqalar tahlili» mavzusidagi dissertatsiyani yoqlab, siyosiy fanlar doktori darajasini olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter