YeTTB Samarqand ko‘chalari uchun elektrobuslar xaridiga mablag‘ ajratyapti
O‘zbekistonda YeTTBning «Yashil shaharlar» dasturiga qo‘shilgan birinchi shahar Samarqand bo‘ldi.
Ma’lum qilinishicha, YeTTB Boshqaruvchilar Kengashining 32-yillik yig‘ilishining 2-kunida O‘zbekiston hukumati va YeTTB o‘rtasida mazkur dastur doirasida Samarqand shahrida elektrobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yish uchun 49 million dollargacha miqdorda suveren kredit ajratishga doir Bitim imzolangan.
Ajratilgan mablag‘ zaryadlovchi qurilmalar bilan birga 100 tagacha o‘rta o‘lchamdagi (10,5 m) elektrobuslarni sotib olish, ulardan foydalanish uchun ma’muriy binolar va texnik xizmat ko‘rsatish ob’yektlarini o‘z ichiga olgan zarur infratuzilmani yaratishga sarflanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter