Yetti oylik go‘dak ko‘chaga tashlab ketildi: nimalar ma’lum?

Tarmoqda 1 yoshga to‘lmagan bolani onasi ko‘chaga tashlab ketganligi to‘g‘risida xabar tarqaldi.
Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan alohida nazoratga olinib, ichki ishlar va prokuratura organlari tomonidan o‘rganilmoqda.
Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, O.J (Sirdaryo viloyatida yashovchi, 2004-yilda tug‘ilgan ayol) 7 oylik farzandi N.O (2024-yil oktyabrda tug‘ilgan, o‘g‘il bola)ni Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanidagi mahalla ko‘chasida tashlab ketib, o‘zi yashiringanligi aniqlangan.
Holat yuzasidan hozirda tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Bola tumandagi go‘daklar uchun bolalar uyiga joylashtirilib, unga hozirda zarur bo‘lgan parvarish ko‘rsatilmoqda.
Hozirda onaning o‘z farzandiga nisbatan sodir etgan g‘ayriqonuniy harakatlariga huquqiy baho berish jarayoni bormoqda.
Bu haqda qo‘shimcha tarzda ma’lumot beriladi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter