Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yettita gol urilgan supero‘yinda «Real» mag‘lub bo‘ldi, ammo...

Yettita gol urilgan supero‘yinda «Real» mag‘lub bo‘ldi, ammo...

Yevropa Chempionlar Ligasining dastlabki yarim final bahsida «Etihad» stadionida gollar shousi namoyish etildi.

Gvardiola boshqaruvidagi «Manchester Siti» o‘z maydonida «Real»ni qabul qilib, dastlabki daqiqalardanoq hujumga tashlandi va tezkor gollar bilan oldinga chiqib oldi. Biroq himoyadagi xatolar va Madrid klubining har bir imkoniyatdan maksimal foydalanishi yirik ustunlik qayd etilishiga to‘sqinlik qildi.

«Manchester Siti» o‘ng qanot himoyachilaridan foydalana olmagani, bu nuqtaga dastlab markaziy himoyachi Stounz, so‘ng tayanch yarim himoyachi Fernandinoning o‘ynatilgani ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. «Real»ning hujumdagi super juftligi bu bo‘shliqlardan juda unumli foydalandi. Ayniqsa, Benzema o‘yin davomida deyarli ikki zarba berib, shuning ikkisini ham darvoza to‘riga joyladi va 14ta gol bilan turnir to‘purariga aylanib oldi.

Madriddagi javob o‘yini 4 may kuni bo‘lib o‘tadi va unda katta ehtimol bilan murabbiylarning taktik kurashi masalani hal qiladi. Agar bunga «o‘zga sayyoralik» Benzema qarshi chiqib, hammasini o‘zi hal qilib qo‘ymasa... Ushbu mavsumda bu odatiy holga aylandi.

YeChL. Yarimfinal. Birinchi o‘yin

Manchester Siti — Real 4:3

Gollar: de Bryuyne (2), Jezus (11), Foden (53), Silva (74) — Benzema (33, 82 penalti), Vinisius (55).

Manchester Siti – Ederson, Stounz (Fernandino, 36), Laport, Diash, Zinchenko, de Bryuyne, Bernardu Silva, Rodri, Foden, Marez, Gabriel Jezus (Sterling, 83).

Real – Kurtua, Karvaxal, Alaba (Nacho, 46), Militao, Mendi, Modrich (Sebalos, 79), Kroos, Valverde, Benzema, Vinisius Junior (Asensio, 88), Rodrigo (Kamavinga, 70). 

Ogohlantirishlar: Fernandino (81), Nacho (90+3).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring