Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Euronews O‘zbekistondagi ijtimoiy o‘zgarishlarni e’tirof etdi

Euronews O‘zbekistondagi ijtimoiy o‘zgarishlarni e’tirof etdi

Xalqaro ommaviy axborot vositalarida O‘zbekistondagi ijtimoiy o‘zgarishlar haqida tobora ko‘proq yozilmoqda.

Yaqinda Euronews saytida katta maqola chop etildi: «O‘zbekiston qanday qilib o‘zining ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirmoqda?» 

Eng qimmati — maqolada amaliy natijalar qayd etilgan:

- yagona raqamli tizim orqali yordam tezroq va shaffof taqdim etilmoqda;

- 92 mingdan ortiq nogironligi bo‘lgan fuqaro ish bilan ta’minlandi;

- taxminan 10 ming kishi mustaqil hayotga qaytdi;

- kambag‘allik reyestriga 621 ming oila kiritilgan va ular uchun individual yordam rejasi ishlab chiqilmoqda;

- reabilitatsiya vositalar ro‘yxati kengaydi (invalidlar aravachasidan tortib bionik protezlargacha) va ularni olish muddati ancha qisqardi.

Maqolada ta’kidlanganidek, islohotlar faqat “qog‘ozda” emas, balki minglab oilalarning hayotida sezilarli o‘zgarishlar yasamoqda: reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash, uy sharoitini moslashtirish, og‘ir vaziyatdan olib chiqish va ijtimoiy xodimlarning doimiy yordami — bularning barchasi real hayotiy misollarda ko‘rsatib berilgan.

Maqolani ushbu havola orqali to‘liq o‘qishingiz mumkin. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring