Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevro-2024. Fransiya va Niderlandiya Polshani turnirdan chiqarib yubordi

Yevro-2024. Fransiya va Niderlandiya Polshani turnirdan chiqarib yubordi

Polsha Yevropa chempionati pley-off bosqichidan mahrum bo‘lgan ilk terma jamoaga aylandi.

Niderlandiya va Fransiya 0:0 hisobida durang qayd etishi bunga sabab bo‘ldi. Ikkinchi turdan so‘ng D guruhida jamoalar quyidagicha holatda: Niderlandiyada — 4 ochko, Fransiyada — 4, Avstriyada — 3, Polshada — 0.

3-turda polyaklar avstriyaliklar bilan ochkolarini tenglashtirib olgan taqdirda ham turnir jadvalida tepaga ko‘tarila olishmaydi: o‘zaro uchrashuvda Avstriya Polshani 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan.

Yevro-2024 asosiy favoritlaridan sanalayotgan Fransiya bu turnirda hali rosmana gol kiritgani yo‘q: Avstriya bilan o‘yindagi g‘alaba golini raqiblar o‘z darvozasiga kiritib qo‘ygandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring