Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevroittifoq yoki Rossiya? Serbiya prezidenti bir qarorga keldi

Yevroittifoq yoki Rossiya? Serbiya prezidenti bir qarorga keldi

Foto: RBK

Serbiya prezidenti Aleksandar Vuchich 9-may kuni Moskvada o‘tkaziladigan G‘alaba paradiga boradi. Bu haqda u 23-aprel kuni Pink TV efirida ma’lum qildi.

«Moskvaga borishimni sakkiz oy avval aytgandim, demak, boraman», — dedi Vuchich.

U Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan munosabatlari doim «samimiy, ochiq va chin yurakdan» bo‘lganini ta’kidladi.

Xabarlarga ko‘ra, Vuchich Moskvadagi 9-may paradiga borsa, Serbiya Yevropa Ittifoqiga qabul qilinmasligi haqida Bryussel avvalroq ogohlantirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring