Yevropa futboli o‘tgan mavsumining eng yaxshi transferlari aniqlandi

Goal nashri Kilian Mbappening «PSJ»dan «Real Madrid»ga o‘tishini Yevropa o‘tgan futbol mavsumining eng omadli transferi, deya baholadi.
Chunki Fransiya terma jamoasi hujumchisi bepul qo‘lga kiritildi, birinchi mavsumidayoq kutilgan umidlarni qaysidir jihatdan oqladi va «Oltin butsa»ga sazovor bo‘ldi.
Eng omadli xaridlar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda Joau Neveshning «Benfika»dan «PSJ»ga o‘tishi ko‘rsatildi.
Eng yaxshi transferlar uchligiga Maykl Olise ham kirdi, fransuz futbolchisini «Bavariya» «Kristal Pelas» (Angliya)dan 50 mln funtga sotib oldi.
Ekspertlarning fikricha, eng yaxshi transferlar top-10ligiga quyidagilar ham kirdi:
- Skott Maktominey — «MY»dan «Napoli»ga — 26 mln funt sterling
- Dezire Due — «Renn»dan «PSJ»ga — 42 mln funt
- Meyson Grinvud — «MY»dan «Marsel»ga — 27 mln funt
- Romelu Lukaku — «Chelsi»dan «Napoli»ga — 25 mln funt
- Viktor Osimxen — «Napoli»dan «Galatasaroy»ga — ijara
- Seru Girassi — «Shtuttgart»dan «Borussiya Dortmund»ga — 15 mln funt
- Mateo Retegi — «Jenoa»dan «Atalanta»ga — 24 mln funt.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter