Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropa ham vaqtida qishloq edi (xarita)

Yevropa ham vaqtida qishloq edi (xarita)

Altamira (Ispaniya)dagi qoya suratlari.

Foto: «Wikipedia»

Ko‘plab tadqiqotlardan so‘ng, Kyoln universiteti olimlari qiziq to‘xtamga kelishdi: tosh davrida Markaziy va G‘arbiy Yevropa hududida (1,5 mln. kv. km.) 1 500 kishi ham yashamagan — hozir o‘rtacha kattalikdagi sayohat kemasiga shuncha odam bemalol sig‘adi. Bu haqda «IFL Science» yozmoqda.

Nemis olimlari g‘arbda Ispaniyadan sharqda Polshagacha, shimolda Daniyadan tortib janubda Italiyagacha bo‘lgan Yevropa yerlaridagi orinyak davri (42 ming — 33 ming yillar ilgari)ga oid arxeologik ma’lumotlar va populyasiya modullarini qiyoslab chiqishdi.

Ibtidoiy davrga oid jami 400 ta manzilgoh o‘rganildi: aniqlanishicha, qadimiy odamlar asosan 13 ta mintaqada yashashgan, Yevropaning qolgan qismi esa inson oyog‘i yetmas yerlar bo‘lgan. Mana shu mintaqalarning har qaysisida o‘rtacha 40 kishilik 35 ta atrofida ovchi-teruvchilar guruhi yashagan.

Foto: «IFL Science»

Aholisi eng ko‘p mintaqa zamonaviy Fransiyaning janubi-g‘arbi (440 kishi), Ispaniya shimoli (260 kishi) va Belgiya (210 kishi) bo‘lgan. Shuningdek, nisbatan kattaroq populyasiyalar o‘rta Dunay va Moraviya (170 kishi) hamda yuqori Dunay (140 kishi)da istiqomat qilgan degan taxminlar bor. Boshqa mintaqalarda esa nari borsa 20-30 kishi yashagan, xolos.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring