«Yevropa Ittifoqi bizni masxara qilyapti». Tramp Yevropaga savdo urushi e’lon qildi

Donald Tramp 1-iyundan boshlab Yevropa Ittifoqining barcha tovarlariga 50 foizlik boj joriy etilishini ma’lum qildi. U bu haqda o‘zining Truth Social platformasida yozgan va Bryusselni savdoga adolatsiz yondashishda ayblagan.
«Yevropa Ittifoqi bizni masxara qilmoqda. Yiliga 250 milliard dollardan ortiq savdo kamomadini mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi», – dedi u.
Tramp Yevropa Ittifoqi bilan muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirganini, ya’ni «qattiq choralar ko‘rish zarurligini» aytdi. Avvalroq, 9-apreldan boshlab, AQSh Yevropa tovarlariga 20 foiz, avtomobilsozlik va po‘lat kabi sohalar uchun esa 25 foiz tariflarni joriy qilgan edi. Yangi – 50 foizgacha o‘sish esa Yevropa Ittifoqining barcha eksportiga ta’sir qiladi. Trampning chiqishidan so‘ng, birja indekslari keskin tushib ketdi. Jumladan, DAX 2,5 foizga tushgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha Tramp Apple kompaniyasi uchun ham yuqori tarifdagi boj bilan tahdid qilgani xabar qilingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter