Yevropa Ittifoqi komissari O‘zbekistonga kelmoqda
Joriy yil 5-6-sentyabr kunlari Yevropa Ittifoqining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha komissari Yanush Voysexovskiy O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda YeIning Toshkentdagi delegatsiyasi xabar berdi.
Komissar Voysexovskiy tashrifi mobaynida «Dengizga chiqish yo‘llari bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar: oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlanish maqsadlari» mavzusidagi xalqaro forum ochilish marosimida nutq so‘zlaydi.
Yuqori martabali mehmon O‘zbekiston hukumati vakillari, jumladan, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazadi. Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, savdo-sotiq istiqbollari va barqaror qishloq xo‘jaligini ilgari surish bo‘yicha tashabbuslar muhokama qilinadi.
Mazkur tashrif YeIning O‘zbekiston bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash niyatida ekani, shuningdek, iqlim o‘zgarishi, oziq-ovqat xavfsizligi, barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishish kabi global muammolarni hal qilishga alohida e’tibor qaratishidan dalolat beradi.
Polshalik Yanush Voysexovskiy YeI komissari sifatida qishloq xo‘jaligi sektorini iqlim o‘zgarishi, demografiya, texnologiyalar kabi omillarga muvofiq holda barqaror rivojlantirishga mas’ul sanaladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter