Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropa ittifoqining koronavirus eng ko‘p tarqagan ikki mamlakati hukumati rahbarlari YeIdan ichki chegaralarni tezroq ochishni so‘rashdi

Yevropa ittifoqining koronavirus eng ko‘p tarqagan ikki mamlakati hukumati rahbarlari YeIdan ichki chegaralarni tezroq ochishni so‘rashdi

Foto: TASS

Yevropa ittifoqiga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi chegaralarni imkon qadar tezroq ochish kerak. «Regnum» xabariga ko‘ra, juma, 5-iyun kuni bosh vazirlar — Juzeppe Konte (Italiya) va Pedro Sanches (Ispaniya) Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayenga murojatlarida shuni ta’kidlashdi.

E’tiborga molik bir fakt: Ispaniya va Italiya — Yevropa ittifoqida koronavirusdan eng ko‘p jabr ko‘rgan mamlakatlar.

Har ikki siyosatchiga ko‘ra, bunda mamlakatlar teng imkoniyatga ega bo‘lishi lozim, chegaralarni ochish tafsilotlari tushunarli va «shaffof» bo‘lishi zarur.

Italiya va Ispaniya hukumatlari rahbarlari vaqti yetib, chegaralar ochila boshlagach, avvalo o‘zlari «noteng» imkoniyatga ega mamlakatlar orasida (epidemiyadan eng talafot ko‘rgan) bo‘lib qolishlaridan xavotirda. Bu ikki mamlakat, hamma ham ularga chegaralarini ochmasa, turizm, biznesni, umuman olganda, iqtisodiyotini oyoqqa turg‘azishda ancha qiyinchiliklarga duch keladi.

Ilgari tarqalgan xabarlarda YeIning ichki chegaralari 15-iyundan ochiladi deyilgandi, ammo bu voqea kechikadiganga o‘xshab turibdi. Shunday bo‘lgan taqdirda Yevropa ittifoqi tashqi chegaralarini ilgari ma’lum qilinganidek, 1-iyulda ham ochmasligi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring