Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropa ligasi 1/4 finaliga qur’a tashlandi

Yevropa ligasi 1/4 finaliga qur’a tashlandi

Foto: «Futbol 24»

Avval xabar berganimizdek, bugun Shveysariyaning Nondagi qarorgohida Yevropa ligasi 1/4 va 1/2 final bosqichlariga qur’a tashlandi.

Qur’aga ko‘ra:

  • «Manchester Yunayted» — «Granada»
  • «Arsenal» — «Slaviya»
  • «Ayaks» — «Roma»
  • «Dinamo» Zagreb — «Vilyarreal»

juftliklari hosil bo‘ldi.

Yarimfinalda «MYu»/«Granada» va «Ayaks»/«Roma» juftliklari; «Dinamo»/«Vilyarreal» va «Arsenal»/«Slaviya» juftliklari g‘oliblari o‘zaro to‘qnash keladi.

Yevropa ligasi

1/4 final. 8-aprel

  • «Granada» – «Manchester Yunayted»
  • «Arsenal» – «Slaviya»
  • «Ayaks» – «Roma»
  • «Dinamo» Zagreb – «Vilyarreal»

1/8 final. 29-aprel

  • «Granada»/«Manchester Yunayted» – «Ayaks»/«Roma»
  • «Dinamo» Zagreb/«Vilyarreal» – «Arsenal»/«Slaviya»

Chorak finalining dastlabki bahslari 8-aprel, javob uchrashuvlari 15-aprelga, yarimfinal o‘yinlari esa 29-aprel va 6-may kunlariga belgilangan.

Yevropa ligasi g‘olibi 26-may kuni Polshadagi finalda aniqlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring