Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropa ligasi: «Shaxtyor»ni tor-mor etgan «Inter» finalga chiqdi

Yevropa ligasi: «Shaxtyor»ni tor-mor etgan «Inter» finalga chiqdi

Foto: «Reuters»

Kecha Yevropa ligasi yarimfinalining ikkinchi o‘yini bo‘lib o‘tdi: «Inter» 5:0 hisobida «Shaxtyor»dan ustun keldi.

Italiyaliklar tarkibida himoyachi Danilo D’Ambrozio bitta gol urgan bo‘lsa, Romelu Lukaku hamda Lautaro Martines o‘z dubllari bilan g‘alabaga hissa qo‘shishdi.

«Inter»ni oldindagi eng muhim o‘yinda «Manchester Yunayted»ni mag‘lub etib finalga chiqqan, Yevropa ligasi ramziga aylanib qolgan «Sevilya» kutmoqda.

Final Germaniyaning Kyoln shahrida 21-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Yevropa ligasi. Pley-off. Yarimfinal

«Inter» (Italiya) — «Shaxtyor» (Ukraina) — 5:0

Gollar: Martines (19, 74), D’Ambrozio (64), Lukaku (78, 84).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring