Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropa ligasining 2019/20-yilgi finali qayerda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Yevropa ligasining 2019/20-yilgi finali qayerda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Foto: «Footboom.com»

Yevropa ligasining 2019/20-yilgi final o‘yini Polshaning Gdansk shahrida o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.

Kiyevda bo‘lib o‘tgan Yevropa futbol assotsiatsiyasi (UEFA) ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida shunday qarorga kelindi.

Gdanskdagi stadion 2012-yili Polsha va Ukrainada bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionati o‘yinlariga mezbonlik qilgan edi. Stadionga 44 ming tomoshabin sig‘adi.

Ta’kidlash joizki, 2020-yilgi UEFA superkubogi uchrashuvi Portudagi «Dragau» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq 2019/20-yilgi mavsumning chempionlar ligasi finali Istanbuldagi «Otaturk» stadionida o‘tkazilishi haqida xabar berilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring