Yevropa va Osiyoda jiddiy demografik pasayish kutilmoqda

BMT prognoziga ko‘ra, 2025-yildan 2050-yilgacha oraliqda Yevropa va Osiyoda jiddiy demografik pasayish kutilmoqda.
Aholi sonining tug‘ilish ozayishi va keksa aholi o‘limi hisobiga kamayishi ko‘p mamlakatlarda, ayniqsa, Sharqiy Yevropada 1990-yillar boshidan sururunkali davom etayotgani nuqtai nazaridan, kelgusi 25 yil ular uchun demografik va (uning oqibatidagi) iqtisodiy turg‘unlik davriga aylanishi mumkin. Mehnatga layoqatli aholi soni qisqarib ketishining salbiy ta’siri hozirdanoq ishlab chiqarish samaradorligi pasayishida hamda pensiya va tibbiyot tizimlariga bosim oshayotganida aks etmoqda.
Eng kuchli demografik zarbani Xitoy oladi: chorak asr mobaynida mamlakat 156 million aholisidan ayriladi — bu jami aholining 10 foizi demakdir. Yaponiya 18 mln (jami aholining 15 foizi), Janubiy Koreya esa 13 foizdan ko‘p aholisini yo‘qotadi.
Yevropaning demografik ahvoli bundan-da ayanchli: Rossiya aholisi taxminan 8 millionga qisqaradi (hozir aholisi 143,5 mln), Ukraina esa 20 foiz aholisini yo‘qotadi. Bular qatorida Litva, Latviya, Moldova, Polsha, Germaniya va Italiya — depopulyasiyaga moyillik barqaror tus olgan mamlakatlar ro‘yxatini boshqarmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter