Yevropada zaxiradagi gaz keskin kamayib ketdi
![Yevropada zaxiradagi gaz keskin kamayib ketdi](http://static.xabar.uz/crop/1/0/720_460_95_1028455805.jpg)
Yevropa yer osti zaxiralarida saqlanayotgan gaz miqdori 49,83 foizgacha kamaydi, deyiladi «Gas Infrastructure Europe» ma’lumotida.
Germaniyada zaxiradagi gazning 42,44 foizi, Fransiyada 39,65 foizi qolgan. Ukrainada esa — 52 foiz.
Ayni paytdagi ko‘rsatkich Yevropada so‘nggi besh yildagi o‘rtacha darajadan 2,77 foizga ozdir.
Zaxiradagi gazning ko‘proq sarflanishi Yevropada bu yilgi qishning sovuqroq kelgani bilan izohlanyapti. Ob-havo ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropadagi qahratonlar kelasi hafta ham davom etadi, xususan, Sharqiy Yevropada havo 15°Cgacha pasayishi kutilyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter