Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Evropadagi NATO kuchlariga yangi bosh qo‘mondon tayinlandi — rus tilini biluvchi amerikalik

Evropadagi NATO kuchlariga yangi bosh qo‘mondon tayinlandi — rus tilini biluvchi amerikalik

Kristofer Kavoli.

Foto: «Nato.int»

Amerikalik general Kristofer Kavoli NATOning Yevropadagi qurolli kuchlari yangi bosh qo‘mondoni etib tayinlandi. Shimoliy Atlantika alyansi bu haqda o‘z rasmiy saytida bayonot berdi.

Kavoli ushbu lavozimda yozdan ish boshlaydi. U shu paytgacha AQShning Yevropadagi harbiylariga qo‘mondonlik qilib kelgandi.

Hozircha NATOning Yevropadagi bosh qo‘mondoni lavozimida yana bir amerikalik, Pentagon harbiy-havo kuchlari generali Tod Uolters faoliyat yuritmoqda.

Kristofer Kavoli xorijiy tillarni yaxshi biladi, jumladan, rus, italyan, fransuz tillarida so‘zlasha oladi. Yel universitetining Rossiya va Sharqiy Yevropa tadqiqotlari magistri darajasiga ega.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring