Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropaning eng yaxshi aviakompaniyasi aniqlandi

Yevropaning eng yaxshi aviakompaniyasi aniqlandi

Foto: Zagranportal

Turkiyaning davlat aviakompaniyasi — Turkish Airlines uchta mukofot, jumladan, «Yevropaning eng yaxshi aviatashuvchisi» sharafiga sazovor bo‘ldi. World Airline Awards mukofotlari topshirilgani haqida bugun, 26 sentyabr kuni Hürriyet Daily News xabar berdi.

Turk kompaniyasi «Janubiy Yevropaning eng yaxshi aviakompaniyalari» va «Biznes-klassdagi dunyodagi eng yaxshi ovqatlantirish» nominatsiyalarida ham g‘olib bo‘ldi.

Ahmet Bo‘lat (kompaniya boshqaruvi va ijroiya qo‘mitasi raisi) ta’kidlashicha, turk kompaniyasi raqobatchilaridan xizmat ko‘rsatishga yondashuvi bilan ajralib turadi. «Biz Turkish Airlinesni dunyodagi eng yaxshi aviakompaniyaga aylantirish uchun ko‘zlagan maqsadlarimiz ustida ishlashda davom etamiz», — dedi u.

World Airline Awards tadbiri Londondagi havo transporti bo‘yicha xalqaro reyting tashkiloti —Skytrax tomonidan o‘tkazildi.

Bir necha yo‘nalishlarda g‘oliblar 2021-2022-yillardagi 100 dan ortiq millat va 14,3 milliondan ortiq yo‘lovchini qamrab olgan so‘rovnomalar asosida aniqlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring