Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropaning koronavirus eng ko‘p tarqagan mamlakatida virusni eng kam yuqtirish holati qayd etildi

Yevropaning koronavirus eng ko‘p tarqagan mamlakatida virusni eng kam yuqtirish holati qayd etildi

Ispaniyaning Bilbao shahridagi metro yo‘lovchilari.

Foto: EPA/UPG

Ispaniyada pandemiya boshlanganidan buyon virusni yuqtirish bo‘yicha eng past ko‘rsatkich qayd etildi — COVID-19 kasalligi 3045 kishida topildi. Bu haqda «El Pais» Ispaniya sog‘liqni saqlash vazirligining 14-apreldagi ma’lumotiga asoslanib xabar berdi.

Koronavirusni yuqtirish holati o‘sishi 1,8 foizni tashkil etdi.

Kechagi sanada Ispaniyada 567 kishi koronavirusdan vafot etdi. Jami qurbonlar soni — 18065 kishi.

Ispaniyada koronavirusni yuqtirganlar soni  172541 nafarga yetdi. Shulardan 67504 nafari sog‘ayib ketgan.

Kecha Ispaniyada koronavirus rivojlanish cho‘qqisiga chiqqani haqida xabar bergandik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring