«Yevrostat» g‘arbning eng baxtsiz mamlakatini aniqlab berdi
Bolgariya yana Yevropa Ittifoqidagi eng baxtsiz davlat sifatida tan olindi. Buni Yevropa statistika agentligi (Yevrostat) ma’lumotlari tasdiqlamoqda.
Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, 2022-yilda so‘rovda qatnashgan barcha yevropaliklar orasida faqat bolgarlar o‘zlarining hayotdan umumiy qoniqishlarini o‘n balli shkala bo‘yicha 6 balldan kam – 5,7 ballga baholagan. Mutaxassislarning aniqlashicha, nemislar ham hozirgi turmush darajasidan unchalik mamnun emas – o‘rtacha 6,5 ball.
Reytingda birinchi o‘rinni Avstriya egalladi – bu Yevropa davlati aholisi o‘z baxt darajasini 7,9 ballga baholadi. Ikkinchi o‘rinni Ruminiya, Polsha va Finlyandiya bo‘lishdi – 7,7 ball.
Shunga o‘xshash tadqiqot natijalari bahorda BMT topshirig‘i bilan ekspertlar guruhi tomonidan tayyorlanayotgan Jahon baxti hisobotida ham qayd etilgan edi. Bu tadqiqotda Finlyandiya katta farq bilan birinchi o‘rinni egallagan.
Eslatib o‘tamiz, Agentlikning 2021-yilgi hisobotida bu boradagi so‘rovnoma natijalari Avstriyada (8,0 ball), Finlyandiyada (7,9), Ruminiyada (7,7) va Niderlandiyada (7,6) eng yuqori, eng past ko‘rsatkich esa Bolgariyada (5,7 ) bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter