Eynshteynning xati qariyb 4 mln dollarga sotildi
Christie’s auksionlar uyi 10-sentyabrda o‘tkazgan kimoshdida fizik Albert Eynshteyn AQSh prezidenti Franklin Ruzveltga yo‘llagan xat 3,992 mln dollarga sotildi.
Taniqli olim o‘z xatida Amerika rahbariyatini natsistlar Germaniyasida yadroviy tadqiqotlar boshlanganidan ogohlantirgan. Eynshteyn hamkasbi Leo Silard bilan birga AQShning 32-prezidentiga yozgan xatda Germaniya «o‘ta qudratli bombalar» yaratishi mumkinligi haqida gap boradi. Tarixiy hujjatning asl nusxasi Nyu-Yorkdagi prezident kutubxonasida saqlanmoqda.
Eynshteynning ushbu xati oldin Microsoft asoschilaridan biri Pol Allen (2018-yilda vafot etgan)ga tegishli edi. U xatni 2002-yilda noshir va siyosatchi Malkolm Forbsdan 2,1 mln dollarga sotib olgan.
Shu tariqa Eynshteynning Ruzveltga yo‘llagan xati kimoshdi savdolarda eng qimmatga sotilgan XX asr tarixiy hujjatiga aylandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter