«Facebook» logotipini yangiladi (foto)
![«Facebook» logotipini yangiladi (foto)](http://static.xabar.uz/crop/3/4/720_460_95_3428514262.png)
«Facebook» korporatsiyasi yangi logotipini taqdim etdi. Foydalanuvchilar «Facebook» ijtimoiy tarmog‘ini kompaniyaning boshqa dasturlaridan ajratib olishini osonlashtirish uchun shu ishga qo‘l urilgan.
Yangi logotip katta harflarda va ko‘plab yorqin ranglarda aks ettirilgan.
![](https://static.xabar.uz/uploads/15/720__jCKkaZ4wj9CNRXxtJ1lE73QOjUm7jvfS.jpg)
«Odamlar o‘zlari foydalanayotgan mahsulotlarni qaysi kompaniyalar tayyorlaganini bilishlari kerak. Bizning asosiy dasturlarimiz: Facebook, Messenger, Instagram, WhatsApp, Oculus, Workplace, Portal va Calibra», — deyiladi «Facebook» kompaniyasi xabarida.
Kompaniya yaqin orada yangi logotipini barcha dasturlarida qo‘llashni boshlashi ma’lum qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter