Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

FAO Orolbo‘yi ayollari va yoshlari uchun yangi daromad manbalarini ochmoqda

FAO Orolbo‘yi ayollari va yoshlari uchun yangi daromad manbalarini ochmoqda

Qoraqalpog‘istonning Kegeyli, Qorao‘zak tumanlarida FAO tomonidan tikuvchilik, kashtachilik kabi xalq hunarmandchiligini o‘rgatish bo‘yicha ikki kunlik treninglar o‘tkazildi. 90 ga yaqin ayollar ishtirok etgan ushbu tadbirda 30 nafar ayolga tikuv mashinalari berildi.

BMTning Taraqqiyot Dasturi va Bolalar Jamg‘armasi (YuNISEF)  hamkorligida amalga oshirilayotgan  ushbu tadbirda qoraqalpoq xalqining boy madaniyati, qadimiy tarixi, an’anaviy kashtachilik va milliy kiyimlarining o‘ziga xos xususiyatlariga alohida e’tibor qaratildi.  

«Fikrimizcha, aholining zaif qatlamlarini, ayniqsa, ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini yaxshilash juda muhim. Zero, Orolbo‘yi mintaqasining iqlim o‘zgarishi va tabiiy resurslar degradatsiyasining salbiy ta’siriga ko‘proq moyilligi barchaga ma’lum. Bugungi kunga qadar biz ayollarning muqobil daromad manbalari bo‘yicha salohiyatini oshirish maqsadida treninglar o‘tkazdik. Kelajakda suv tejaydigan texnologiyalar, barqaror qishloq xo‘jaligi, elektron tijorat va yashil moliyalashtirish bo‘yicha bir qator treninglar o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz», – deb qayd etdi FAOning Markaziy Osiyo bo‘yicha submintaqaviy vakolatxonasi tabiiy resurslar bo‘yicha mutaxassisi va loyihaning texnik koordinatori Ivetta Zenina.

Albatta, nafaqat mahsulot ishlab chiqarish, balki uni foydali sotish ham muhimdir. Shuning uchun o‘quv dasturiga marketing asoslari bo‘yicha darslar kiritilgan. Ushbu darslar orqali ishtirokchilar o‘z mahsulotlarini qanday qilib muvaffaqiyatli sotish va daromad olish saboqlarini o‘rgandilar. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring