Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Faqat u Donbassdagi urushga nuqta qo‘yishi mumkin...»

«Faqat u Donbassdagi urushga nuqta qo‘yishi mumkin...»

Foto:«Gazeta.ru»

AQShning Ukraina bo‘yicha muvaqqat ishonchli vakili Uilyam Teylor Ukraina sharqida davom etayotgan mojarolarga chek qo‘yishi mumkin bo‘lgan shaxs nomini ochiqladi. U bu haqda «Yevropa haqiqatiga bergan intervyusida gapirgan, deb yozadi Ukrainaning «Segodnya» nashri.

Teylorning aytishicha, bu kishi Rossiya prezidenti Vladimir Putindir.

Uning ishonishicha, Ukrainaning o‘zi urushni to‘xtata olmaydi, bunda Kreml ham qaror qabul qilmog‘i lozim.

«Buni faqat Putin qila olishi mumkin. U xohlasa ertaga urushni to‘xtatadi. U Donbassdan Rossiya askarlari, xizmat vakillari va qurollarni olib ketsa mojaro tugaydi », – degan Teylor.

U shuningdek, Zelenskiy va Putinning o‘zaro qo‘ng‘iroqlarini ijobiy baholagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring