Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘ona tumaniga kuchli sel keldi

Farg‘ona tumaniga kuchli sel keldi

Kecha, 25 iyul kuni Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani hududida sel oqimlari kuzatildi.

Jala yomg‘ir va do‘l yog‘ib o‘tishi oqibatida Farg‘ona tumani Shohimardon MFY hududida joylashgan Qurkul sel yo‘lidan soat 15:30 da 1,5-2 m3/s sel oqimlari vujudga kelib, aholi va hududlarga zarar yetkazmagan holda sel yo‘lidan oqib o‘tgan.

Farg‘ona tumani Shohimardon qishlog‘i tog‘-adirliklaridan soat 15:30 da jala yomg‘ir va do‘l yog‘ishi oqibatida 4-5 m3/s sel oqimlari vujudga kelib, qishloq vrachlik punkti hovlisi hamda 4 ta aholi hovli joylarini qum-tosh bilan to‘ldirgan.

Shuningdek, Farg‘ona tumani «Yordon» MFY hududida joylashgan Bukan sel yo‘lidan soat 15:30 da 1,5-2 m3/s sel oqimlari vujudga kelib, aholi va hududlarga zarar yetkazmagan holda sel yo‘lidan oqib o‘tgan.

Bildirilishicha, hozirda FVV xodimlari tomonidan tozalash ishlari olib borilmoqda. Aholi orasida jabrlanganlar yo‘q, deyiladi rasmiy xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring